Rossiya va Ukraina o‘zaro harbiy asirlar bilan almashdi
Rossiya va Ukraina Birlashgan Arab Aramirliklari vositachiligida o‘zaro harbiy asirlar bilan almashdi, deya xabar beradi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Kursk oblastida asirga olingan 103 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi qaytarildi. Buning evaziga 103 nafar ukrainalik harbiy asir Ukraina Qurolli kuchlariga topshirildi”, — deyiladi xabarda.
Barcha rossiyalik harbiy xizmatchilar Belarusda bo‘lib, ularga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan va ularga qarindoshlari bilan bog‘lanish imkoniyati berilgan.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yana bir almashinuv haqida ma’lum qilgandi, unga ko‘ra, 49 kishi Kiуevga berilgan. Ularning orasida 2022-yil bahorida Mariupoldagi “Azovstal” zavodi uchun janglar qatnashchilari va harbiy shifokor Viktor Ivchuk ham bor.
Sharhlar