Rossiya va Vengriya neft yetkazib berishni tiklash ustida ishlamoqda
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto Mol va LUKOIL energiya kompaniyalari neft yetkazib berishni qayta tiklash uchun yechim izlayotganini aytdi.
Uning aniqlik kiritishicha, Rossiya nefti Vengriyaga “Drujba” neft quvuri hududidan o‘tuvchi Ukrainadagi “huquqiy vaziyat” tufayli oqib chiqmayapti.
“Hozirda Ukrainada huquqiy vaziyat yuzaga kelgan, shu sababli LUKOIL hozirda Vengriyaga yetkazib bermayapti. <…> Biz hozir qonuniy yechim ustida ishlayapmiz”, – dedi Peter Siyarto Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvdan so‘ng (Bloombergda iqtibos keltirilgan).
Ulashish:
Sharhlar