Rossiya va Xitoy yadro quroli soni bo‘yicha AQSHga yetib olishi mumkin
Rossiya va Xitoy kelgusi 10 yil ichida yadro qurollari soni bo‘yicha AQSHni ortda qoldirishi mumkin. Bu haqda AQSH Strategik qo‘mondonligi qo‘mondoni general Entoni Kotton ma’lum qildi.
AQSH Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi eshituvlarida u aniqlik kiritishicha, Rossiya va Xitoyda yadro qurolli o‘ta tezkor rivojlanadigan bo‘lsa, 2035-yilga kelib, ularning jangovar kallaklari umumiy soni Amerika zaxiralaridan ham oshib ketishi mumkin.
Generalning fikricha, Xitoy yer usti bazasiga ega yadro qurollari borasida ham AQSH bilan tenglashadi. Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, bu sohada KXDR va Eronning sa’y-harakatlari va ambitsiyalari “AQSHning strategik hisob-kitoblariga murakkablikning yangi o‘lchovini qo‘shadi”.
Shu munosabat bilan Kotton Amerika yadro qurollari tizimlarini tezkorlik bilan modernizatsiya qilishni davom ettirish zarurligini qayd etdi, ammo AQSH strategik yadro kuchlari “bugunoq kurashishga tayyorligi”ga aniqlik kiritdi.
Sharhlar