Rossiyada Apple AppStoredan 4 ta VPN ilovalarini o’chirib tashladi
Apple Rossiyaning AppStore internet-do‘konidan mamlakat fuqarolari blokirovkalarni chetlab o‘tish va yangiliklar, jumladan, Ukrainadagi keng ko‘lamli urush haqidagi mustaqil manbalardan olish uchun foydalanadigan VPN xizmat ilovalarini olib tashladi. Mediazona ma’lum qilishicha, bular Proton VPN, Red Shield VPN, NordVPN va Le VPN edi.
Shu bilan birga, Apple Roskomnadzordan kompaniya tomonidan olingan da’volarga ishora qilgan va ariza mualliflarini RKN bilan mustaqil ravishda bog’lanishni taklif qilgan. Bunga javoban Red Shield rossiyaliklarga Apple ID-da mamlakatni o‘zgartirishni taklif qilgan, shundan so‘ng dastur va yangilanishlar mavjud bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir necha yil ichida Roskomnadzor o‘ndan ortiq VPN xizmatlarini bloklagan.
Sharhlar