Rossiyada energetika vazirining sobiq va amaldagi o‘rinbosarlari hibsga olindi

фото: Kommersant.ru

Kuch ishlatar tizim xodimlari Rossiya energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Anatoliy Yanovskiy va vazirlik rahbarining amaldagi o‘rinbosari Sergey Mochalnikovni qo‘lga oldi, deya xabar beradi BBC Rossiya OAVlariga tayanib.

Xabar qilinishicha, Yanovskiy va Mochalnikov Rossiyadagi ko‘mir konlarini tugatish paytidagi yirik firibgarlik ishi bo‘yicha hibsga olingan.

Jinoiy ish shu yilning yozida qo‘zg‘atilgan. Qayd etilishicha, Mochalnikovga nisbatan profilaktika chorasini tanlash 25 oktyabr, juma kuniga belgilangan. Yanovskiy va Mochalnikovning hibsga olingani haqidagi ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.

Mochalnikov 2022 yil aprelidan beri energetika vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bungacha u vazirlikda ko‘mir va torf sanoati departamentini boshqargan. О‘z navbatida, Yanovskiy Energetika vazirligini 2021 yilda tark etgan va u yerda 20 yil ishlagan. Hozirda u Konchilik fanlari akademiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimini egallagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.