Rossiyada “Krokus Siti Xoll”dagi teraktda gumon qilinayotgan yana to‘rt kishi hibsga olindi
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari “Krokus Siti Xoll” kontsert zalida sodir etilgan terakt bo‘yicha jinoyat ishi doirasida Rossiyada taqiqlangan batalxajin terrorchilik tashkilotining to‘rt nafar a’zosini qo‘lga oldi. Bu haqda “Izvestiya” o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Politsiya 22 yoshli Xusen Kulaуev, 27 yoshli Maxmud Kartoуev, 28 yoshli Mansur Tochiуev va 35 yoshli Magomed Santaliуevni hibsga oldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bu shaxslar kontsert zaliga hujum qilgan terrorchilarga qurol yetkazib bergan guruh a’zolaridan biri – Batir Kulaуevga yashirinishga ko‘maklashgan.
Manbaning aytishicha, huquqni muhofaza qilish organlari gumondorlarning uylarida tintuv o‘tkazgan. Batalxajin terrorchilik tashkiloti a’zolaridan birining uyidan qurol va o‘q-dorilar topilgan. Bundan tashqari, xavfsizlik xizmati xodimlari tashkilot yetakchilari bilan yozishmalarni aniqlagan. Ushbu yozishmalarga ko‘ra, tashkilot “Krokus”dagi teraktga aloqador shaxslarni chet elga olib chiqib ketishga faol yordam ko‘rsatgan.
Ilgari Moskvaning Basmanniy sudi “Krokus Siti Xoll” ishiga aloqador uch nafar ayblanuvchining qamoq muddatini yana uch oyga uzaytirgan edi.
Sharhlar