Rossiyada Kursk oblastida okoplar qazish va dotlar qurish uchun ishchilar izlashmoqda
Qurilish kompaniyalari yaqinda “Avito” resursida Kursk oblastida okop qazish uchun ishchi-vaxtachilarni izlash bo‘yicha 30 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari haqida e’lon bergan, bunga “BBS Rus xizmati” e’tibor qaratadi.
Ba’zi hollarda ishchilarga smenada 5-7 ming rubl taklif etilgan. Boshqalarida – oyiga 150 ming rubldan 210 ming rublgacha, 60 kunlik ish uchun esa 371 ming rublgacha taklif qilishmoqda.
E’lonlarning ko‘pchiligida okop qazish uchun qancha ishchi kerakligi ko‘rsatilmagan. Faqat e’lonlarning birida aytilishicha, Kurskda okop qazish uchun “50-100 kishi” kerakligi ko‘rsatilgan.
E’londa ish “jangovar zonadan tashqarida” bo‘lishi va “ishda hech qanday xavf yo‘qligi” aytilgan.
Ulashish:
Sharhlar