Rossiyada ekologiya vaziri tomonga yugurgan leopard otib o‘ldirildi

фото: baza

Manbaga ko‘ra, Rossiya ekologiya vaziri Aleksandr Kozlov tomonga yugurgan yosh va noyob О‘rta Osiyo leopardini uning atrofidagilari otib o‘ldirishgan. Bu hada BAZA  nashri manbaga havola bilan xabar qiladi.

Marosimda vazir Kozlov, uning qo‘riqchilari, tabiat qo‘riqxonasining direktori, qurolli inspektorlar, jurnalistlar va bir nechta mutaxassis ishtirok etgan. Leopardni qo‘yib yuborish paytida qandaydir xatolik yuz bergan, natijada Terek nomli leopard odamlarga, jumladan, vazir tomonga qarab yugurgan. Qo‘lida quroli borlar hayvonni ota boshlagan. Natijada leopard o‘ldirilgan. Ekologlar 3 oydan buyon hayvonga kim o‘q uzganini aniqlashga harakat qilishmoqda, ammo hozircha aniq javob yo‘q.

Terek 2 yoshli leopard bo‘lib, Kavkazdagi leopardlarni qayta tiklash markazida tug‘ilib-o‘sgan. Joriy yil yozida uni Kavkaz biosfera qo‘riqxonasi hududiga qo‘yib yuborish uchun tayyorlashgan. Terek Adigeydagi “Katta Txach” tabiat bog‘iga qo‘yib yuborilgan.

Fojiadan so‘ng Qo‘riqxona ishlari bo‘yicha ekspert kengashi Aleksandr Kozlovga tekshiruv o‘tkazishni so‘rab murojaat qilgan, ammo javob olmagan. Leopardni aynan kim  otgani noma’lum, manbaning aytishicha, “o‘sha paytda hamma otgan, ammo kimning o‘qi tekkani noma’lum”.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.