Rossiyada mehnat muhojirlari uchun uy-joy ijarasini bir yilgacha cheklash taklif qilindi

В Петербурге проходит «операция “Антимигрант”» По результатам рейдов в Петербурге 418 мигрантов принудительно выдворят из страны
Источник: imghub.ru

Rossiya liberal-demokratik partiyasi (RLDP) hukumatga mehnat muhojirlari bilan ijara shartnomasini majburiy ravishda tuzish va ijara muddatini ko‘pi bilan bir yil etib belgilash haqidagi qonun loyihalari paketini jo‘natdi.

Partiya yetakchisi Leonid Slutskiy subijaralarni man etish va qoidabuzarliklar uchun jarimalar nazarda tutilganini ta’kidladi.

Ijara to‘lovi amalga oshirilmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinadi va ijarachilar ko‘chirib chiqariladi.

Slutskiy RLDP qabulxonasiga, ayniqsa Moskvada, muhojirlarning xulqi haqida ko‘plab shikoyatlar kelib tushayotganini aytdi, bu yerda muhojirlarlar arzon turarjoylarning 85 foizini egallab olgan.

Qonun loyihasi ijarachilar orasidagi qoidabuzarliklar uchun emas, balki “rezinka kvartiralar” yaratayotgan uy egalari uchun ham sanksiyalarni nazarda tutadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.