Rossiyada mehnat muhojirlarini ommaviy ushlash boshlandi

Российская пенсионерка прописала в двух своих квартирах 11 тысяч мигрантов
Фото: azeros.ru

Butun Rossiya bo‘ylab mehnat muhojirlariga qarshi ommaviy reydlar boshlandi, deya xabar beradi “Memorial” inson huquqlari loyihasi. Undagi ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya xodimlari muhojirlarni metroning aniq nuqtalarida yoki yashash joyida “Sfera” yuzni tanib olish dasturidan foydalanib ushlamoqda. Ushlanganlarning aksariyati Afg‘onistondan kelgan muhojirlar, ammo ularning orasida Kongo, Efiopiya, Ozbekiston va Ukrainadan kelganlar ham bor.

Ushlashlar Sankt-Peterburg, Obninsk, Qozon, Voronej, Rostov-na-Donu, Tver va Saratov oblastlarida amalga oshirilgani ma’lum. Huquq himoyachilarining aytishicha, o‘nlab yoki yuzlab ushlanganlar haqida so‘z borishi mumkin.

“Memorial” markazining “Migratsiya va huquq” dasturi rahbari Svetlana Gannushkina muhojirlarga qarshi reydlar Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning yaqinda qilgan bayonoti bilan bog‘liq, deb hisoblamoqda. 4 iyun kuni Bastrikin muhojirlar oqimi ustidan kuchaytirilgan nazoratni davom ettirish muhimligini aytdi va maxsus reydlar amaliyotini davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.