Rossiyada mehnat muhojirlarining bolalarini nogironlarga tenglashtirish taklif etildi
Sverdlovsk oblasti bo‘yicha bolalar huquqlari komissari Igor Morokov muhojir bolalarga nogiron sifatida munosabatda bo‘lishga chaqirdi. Shu tarzda u rus tilini yomon biladigan maktab o‘quvchilari uchun o‘quv jarayonini qanday tashkil qilish kerakligi haqidagi savolga javob berdi.
“Bizda alohida ta’limga muhtoj bolalar toifasi bor. Bu imkoniyati cheklangan bolalar, nogiron bolalar. Menimcha, bu bolalarni [muhojirlarning bolalarini] ham shu toifaga tenglashtirish kerak. Agar biz ularni alohida ta’limga muhtoj o‘quvchilar deb hisoblasak “, – dedi Morokov OTV telekanalida.
Ombudsmenga ko‘ra, muhojir bolalar bilan darslar qisqartirilishi, muloqotdagi qiyinchiliklar tufayli o‘qituvchilarga qo‘shimcha ish haqi to‘lanishi kerak. “Obуektiv ravishda, bizda [Yekaterinburgda] ikkita maktab bor, ularda bu bolalar soni juda ko‘p va biz, tavsiya qilinganidek, bir sinfda faqat uchta bola bo‘lishini hech qachon ta’minlay olmaymiz”, – deydi Morokov. Ombudsmen, shuningdek, ta’lim jarayonini qurishda muhojirlar “o‘zlari yashayotgan mamlakatning qadri va ahamiyatini tushunishlarini” ta’minlash kerakligini qo‘shimcha qildi.
Sentyabr oyida Rossiya ta’lim vazirligi maktab va bog‘chalarga rus tilini yaxshi bilmaydigan chet el fuqarolarining farzandlari sonini guruhlar va sinflarda uch kishidan tashkil etishni cheklashni tavsiya qilgan edi. Sababi Sverdlovsk Ombudsmanining sababiga o‘xshash edi.
“Rus tilini yomon bilgan holda, ayniqsa, yaqqol ifodalangan boshqa maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lganda, birgalikda samarali o‘qitish imkoniyati cheklangan bolani o‘qitishdan oson bo‘lmaydi”, deyiladi vazirlik tavsiyalarida.
Sharhlar