Rossiyada migrant bolalarning 12 foizi rus tilini bilmaydi
Rossiyada migrant bolalarning 12 foizi o’quv yilidan keyin rus tilini bilmaydi, deb xabar berdi Central Asia.
“Rossiya Federatsiyasida o‘quv yili oxirida migrant bolalarning qariyb 12 foizi ya‘ni 25 ming nafari rus tilini umuman yoki yaxshi bilmaydi” – deb yozmoqda “TASS”.
O‘tgan o‘quv yilida Rossiya Federatsiyasida migrant bolalar uchun ixtiyoriy diagnostika birinchi marta joriy etildi.
“Biz joriy yil oxirida monitoring o‘tkazdik. Rasmiy ravishda, diagnostika ishining qizil darajasini hisobga olgan holda, o’quv yilining oxiridamigrant bolalarning 12 foizi (rus tilini) yaxshi bilmaydi yoki zaif deb topildi. Agar raqamlardan gapiradigan bo’lsak, bu bugungi kunda ta’lim tizimidagi 25 mingga yaqin rus rilida gapira olmaydigan yoki yomon bilimga ega bo’lgan bolalardir “, – dedi Rossiya ta’lim vazirligining umumiy ta’lim sohasidagi davlat siyosati va boshqaruvi departamenti direktori Aleksey Blaginin.
Blaginin bunday bolalar uchun rus tilini o‘rganish mexanizmlarini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan.
Tayyorladi: Anhor.uz amaliyotchi muxbiri, O‘z JOKU 4-bosqich talabasi Sodiqjonova Yoqutxon
Sharhlar