Rossiyada migrant sakkizinchi qavatdan yiqilmoqchi bo’lgan bolani qutqarib qoldi

Foto: migrant.uz

Nijnevartovskning Samotlor ko‘chasida migrant Aman Botirbekov haqiqiy jasorat ko‘rsatib, sakkizinchi qavatdan yiqilib tushishi mumkin bo‘lgan kichkina bolani qutqarib qoldi.

Politsiyachilar bola joylashgan xonadonga kirishga harakat qilgan, lekin eshik qulf bo’lgan. O‘shanda Botirbekov yuqoridagi 9-qavatdan arqonda osilib tushishni taklif qilgan. Botirbekov arqon yordamida pastki qavatga tushib, kichkintoyga yorda bergan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, kvartirada boladan boshqa hech kim bo‘lmagan, uning oyog‘i mebelga bog‘lab qo‘yilgan ekan. Ushbu qahramonlik jamoatchilik e’tiborini tortdi, ammo qutqaruvchining o‘zi haqida kam narsa ma’lum. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Aman Botirbekov “Пятёрочка” do‘konida yetkazib beruvchi bo‘lib ishlaydi. Hozirda hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda,

bolani qarovsiz qoldirgan shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi hal qilinmoqda. O‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, notanish bolaga yordamga kelgan muhojirning ishi haqiqiy jasorat va fidoyilik namunasi bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.