Rossiyada migrantlar uchun imtihon topshirishda vositachilarning ishtiroki taqiqlanadi
Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinning aytishicha, migrantlar uchun imtihon topshirishda vositachilik qilishni taqiqlovchi qonun kelasi yilning 10-dekabridan kuchga kiradi.
“Migrantlar uchun imtihonlarda vositachilar ishtirok etishi taqiqlanadi. Chet el fuqarolariga rus tilini bilish sertifikatlarini faqat davlat muassasalari berishi mumkin”, — deb yozdi Volodin Telegram’dagi kanalida.
Shuningdek, u xorijiy fuqarolarga rus tilini bilish sertifikatlarini faqat davlat idoralari berishi mumkinligini taʼkidladi. Bundan tashqari, noqonuniy migratsiyani tashkil etish maqsadida qalbaki hujjatlarni tayyorlaganlik yoki muomalaga kiritganlik uchun jarimalar kuchaytirilib, 2024-yil 23-noyabrdan kuchga kirdi.
Sharhlar