Rossiyada noqonuniy muhojirlikni tashkillashtirish o‘ta og‘ir jinoyatlarga tenglashtirildi
Davlat dumasi bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish uchun noqonuniy migratsiya tashkil etilishini o‘ta og‘ir jinoyat deb tasniflovchi qonunni qabul qildi. Endi bu huquqbuzarlik uchun 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi, 3 milliondan 5 million rublgacha jarima va lavozim egallash huquqidan mahrum qilish nazarda tutilgan.
Rossiya Federatsiyasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga noqonuniy migratsiya uchun jazoni kuchaytirish maqsadida jami to‘rtta qonun qabul qilindi, deya xabar beradi Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin o‘zining Telegram-kanalida.
Shuningdek, Rossiyaga noqonuniy kirishni tashkil qilish 2 yildan 5 yilgacha qamoq bilan jazolanadi. Bundan tashqari, 500 ming rublgacha jarima ham joriy etilmoqda. Soxta hujjatlardan foydalangan holda noqonuniy migratsiyani tashkil qilish 5 yildan 10 yilgacha qamoq va 1 million rublgacha jarimaga sababchi bo‘ladi.
Bundan tashqari, Davlat dumasi qabul qilgan qonunga ko‘ra noqonuniy muhojir tomonidan jinoyat sodir etilishi og‘irlashtiruvchi holat sifatida tan olinadi.
Sharhlar