Rossiyada o‘zbekistonlik fuqaro o‘zini ayol kishi qilib ko‘rsatib, 14 yoshli qizdan intim fotosuratlarini yuborishga majbur qilgan
Oltoy o‘lkasida О‘zbekiston fuqarosi 14 yoshli qizning intim suratlarini tarqatishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining mintaqa bo‘yicha tergov boshqarmasi xabar beradi.
Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva oblastida bir necha yil yashab, ishlagan erkak “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘ida ayol ismi bilan sahifa yaratgan. Tarmoqda yerda u voyaga yetmagan qiz bilan tanishib, undan aldov yo‘li bilan shaxsiy fotosuratlarini olgan. Keyin u barcha ko‘rishi uchun rasmlarni o‘z sahifasiga joylashtirgan.
Jabrlangan qizning onasi voqeadan xabar topgan va politsiyaga murojaat qilgan. Shaxs Moskva oblastining Balashixa shahrida qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi.
Tergov davom etmoqda, ekspertlar hodisaning barcha holatlarini aniqlashtirish uchun choralar ko‘rmoqda. Erkakning Rossiyada qonuniy bo‘lgan-bo‘lmagani ham tekshirilmoqda. Departament uning shu kabi boshqa jinoyatlarni sodir etishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Sharhlar