Rossiyada sanksiyalar va “sharqqa burilish” tufayli omborxonalar tanqisligi yuzaga keldi
Rossiya kompaniyalarida omborxona binolarining keskin yetishmovchiligi yuzaga keldi. Bu logistikani qiyinlashtirmoqda va iste’mol tovarlari narxining oshishiga olib kelmoqda, deya xabar berdi “Izvestiya” nashriga bozor ishtirokchilari va chakana savdo vakillari.
NF Group konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda mamlakatning barcha mintaqalarida bo‘sh maydonlar ulushi minimal darajada bo‘lib, 1 foizdan oshmaydi. Ushbu ko‘rsatkich oshib borayotgan talab sharoitida nolga yaqin darajada turibdi, deb tasdiqladi NC Logistic 3PL-operatori boshqaruvchi direktori Garold Vlasov.
Moskva va Moskva viloyatida omborxona binolarining atigi 0,4-0,8 foizi bo‘sh turibdi, Boxberry ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lishicha. Bunda ular olis hududlarda joylashgan bo‘lib, u yerga borish noqulay, deb ta’kidladi kompaniyaning ishlab chiqarish departamenti direktori Andrey Sokolov. “Omborxona quvvatlariga bo‘lgan talabning oshishi yangi omborlar qurilishi tezligining pasayishi bilan parallel ravishda kechmoqda”, – deydi FM Logistic biznesini mintaqaviy rivojlantirish yo‘nalishi rahbari Artem Xomishin. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish xarajatlari Markaziy bankning yuqori asosiy stavkasi va materiallar qimmatlashishi tufayli oshmoqda.
Omborxona binolarining yetishmovchiligi tovarlar aylanish muddatining uzayishiga ta’sir qilmoqda, logistika jarayonlarini sekinlashtirmoqda, bu esa yetkazib berishda kechikishlarga olib kelmoqda, deb ta’kidladi Koptev. U saqlash va zaxiralarni boshqarishdagi qiyinchiliklar tufayli yakuniy iste’molchi uchun tovarlar narxi oshayotganini qo‘shimcha qildi. FM Logistic ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil davomida omborlar ijara narxining dinamikasi chakana savdo xarajatlarini 15-20 foizga oshirdi, bu esa mahsulotlarning 1-2 foizga qimmatlashishiga olib keldi.
Sharhlar