Rossiyada shifokorlar yetishmasligi sababli talabalarga tibbiyot muassasalarida ishlashga ruxsat berildi

Фото: pnzgu.ru

Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi tibbiyot fakulteti talabalariga tibbiyot muassasalarida, jumladan, tez tibbiy yordam stantsiyalarida ishlashga ruxsat beruvchi muddatsiz buyruq chiqardi, deb yozadi Medvestnik. Ushbu chora sog’liqni saqlash sohasida kadrlar etishmasligini kamaytirishga qaratilgan.

Umumiy tibbiyot, pediatriya yoki stomatologiya bo’yicha to’rtinchi kursni tugatgan tibbiyot talabalari shifokor nazorati ostida tez yordam mashinasida feldsherlar vazifalarini bajarishlari mumkin. Mazkur qaror sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar taqchilligiga qarshi kurashda muhim qadam bo‘ldi, deyiladi farmoyishning tushuntirish xatida.

Rossiya Sog’liqni saqlash vazirligining 2022-yil 1-noyabrdagi 715 n-son buyrug’iga o’zgartirishlar kiritildi, bu 2025-yil 1-martgacha amal qiladi. Endi “o’qishni tugatmagan tibbiyot universiteti talabalarini o’rta tibbiy yoki farmatsevtika ma’lumotiga ega mutaxassis sifatida ishlashga qabul qilish cheksiz bo’ladi”, – deb yozadi Medvestnik.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.