Rossiyada sud aktyor Artur Smolyaninovni sirtdan hibsga oldi
Basmanniy sudi aktyor Artur Smolyaninovni sirtdan hibsga oldi. Bu haqda “Moskva shahrining umumiy yurisdiktsiya sudlari” Telegram-kanali xabar beradi.
“Moskvaning Basmanniy rayon sudi qarori bilan tergovchining Artur Sergeуevich Smolyaninovga nisbatan 2 oyga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirildi, bu muddat Smolyaninov Rossiya hududiga ekstraditsiya qilingan paytdan boshlab yoki u Rossiya Federatsiyasi yoki Rossiya Federatsiyasi hududida hibsga olingan paytdan boshlab hisoblanadi”, – deyiladi xabarda.
U nafrat yoki adovat qo‘zg‘atish va harbiy “feyklar”ni tarqatishda ayblanmoqda.
Smolyaninov Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralagan va 2022-yilda Rossiyani tark etgandi. 2023-yil yanvar oyida Rossiya Adliya vazirligi aktyorni xorijiy agent deb e’lon qildi. 2023-yil may oyida Smolyaninov Rossiyaning “terrorchilar va ekstremistlar” ro‘yxatiga kiritildi.
Sharhlar