Rossiyada tug‘ilish darajasi 25 yillik minimumgacha tushib ketdi
Rossiyada tug‘ilish darajasi keskin pasaydi, bu ko‘rsatkich so‘nggi 25 yildagi eng past darajaga tushdi. 2024-yilning birinchi olti oyida mamlakatda 599,6 ming bola tug‘ilgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 ming bolaga kam, deya xabar beradi Reuters agentligi Rosstat ma’lumotlariga tayanib. Bu 1999-yildan beri eng past ko‘rsatkichdir.
Iyun oyida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 6 foizga kamayib, 98,6 ming bolani tashkil qilgan. Bu birinchi marta oylik tug‘ilish koeffitsienti 100 mingdan pastga tushdi.
Rossiyada aholining tabiiy qisqarishi ham bu yil o‘lim ko‘rsatkichlarining oshishi tufayli tezlashdi. Yanvar-iyun oylarida mamlakatda 325,1 ming kishi vafot etgan, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 49 ming kishiga ko‘p.
Biroq, aholining qisqarishi immigrantlar sonining ko‘payishi bilan qisman qoplanadi. 2024-yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 20,1 foizga oshgan.
Sharhlar