Rossiyada uchta o‘smir Tu-22M bombardimonchilarini yoqib yuborishga uringanida qo‘lga olindi

Фото: Gleb Osokin (CC BY-SA 3.0)

Rossiyada Irkutsk oblasti Usolskiy rayonidagi harbiy aerodromda ikkita Tu-22M strategik bombardimonchisini yoqib yuborishni rejalashtirgan uch nafar yosh yigit qo‘lga olindi, deb yozadi Baza.

15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan uch nafar o‘smir 18 sentyabrda qo‘lga olingan. Hozirgi vaqtda ularning barchasi qamoqda. Ular terrorizmda ayblanmoqda, bu modda bo‘yicha ularga 20 yilgacha qamoq jazosi tahdid qiladi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan birining akasi o‘tgan bahorda Ukrainaga urushga ketgan.

Bu ikki oy ichida voyaga yetmaganlar harbiy aviatexnikani yoqib yuborishga uringan uchinchi holat. 23-sentyabrda 16 yoshli ikki o‘smir Omsk oblastidagi aviabaza hududida Mi-8 vertolyotini yoqib yuborgan. Qo‘lga olingandan so‘ng ularning biri Telegram orqali u bilan bog‘langan va 20 ming dollar to‘lashni va’da qilgan noma’lum shaxsning ko‘rsatmasi bilan harakat qilganini tan olgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.