Rossiyada ukrainalik jurnalist ayol sakkiz yil koloniyaga hukm qilindi

Фото: Игорь Романов / Wikipedia

Rossiya sudi ukrainalik teleboshlovchi Yanina Sokolovani “nafrat va adovat qo‘zg‘atish” aybi bilan sirtdan sakkiz yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar beradi Moskva prokuraturasi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, NTA telekanali boshlovchisi efirda ruslarni etnik sabablarga ko‘ra o‘ldirish zarurligi haqida gapirgan.

“U o‘z nutqida rus xalqi vakillariga nisbatan ochiqchasiga tahdid solib, ularni shafqatsizlarcha yo‘q qilish zarurligini ta’kidlaydi”, — deb yozgan Tergov qo‘mitasi 2022-yil 5-avgustda.

Rossiyaning turli arboblari, jumladan, televidenie orqali ukrainaliklarni o‘ldirishga doir chaqiriqlar odatda Rossiya tergov organlari tomonidan e’tiborga olinmaydi.

Masalan, ikki yil avval Rossiyaning RT targ‘ibot telekanali rahbariyati jurnalist Anton Krasovskiyni zo‘ravonlik va ukrainalik bolalarni o‘ldirishga chaqiriqlari uchun efirdan olib tashlashga majbur bo‘lgan edi.

Rossiyada Krasovskiy jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabarlar yo‘q.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.