Rossiyada “xorijiy agentlar”dan mualliflik huquqlari olib qo‘yilishi rejalashtirilmoqda
Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin kelasi haftada parlament quyi palatasiga ko’rib chiqish uchun kiritilishi mumkin bo’lgan “xorijiy agentlar” to’g’risidagi qonun loyihasini e’lon qildi.
“Avvalroq biz mualliflik huquqi va turdosh huquqlar uchun xorijiy agentlarga to‘lovlarni qonunchilikda taqiqlash zarurligi haqida gapirgan edik. Siz qo’llab-quvvatladingiz – so’rovnoma ishtirokchilarining 93 foizi “yoqlab” ovoz berdi”, – deyiladi Volodinning o’zi so’rov o’tkazgan Telegram kanalidagi xabarda.
Qonun loyihasida xorijiy agentlar intellektual faoliyat natijalari va brendlardan foydalanish natijasida oladigan mablag‘larni to‘lashning alohida tartibini joriy etish taklif etiladi.
Ijodiy faoliyatdan olingan har qanday daromad xorijiy agent uchun ochilishi majburiy bo’lgan maxsus rubl hisob raqamiga o’tkazilishi rejalashtirilgan. Pul mablag’larini boshqa yo’l bilan olish taqiqlanadi.
Shuningdek, chet el agenti sifatida tasniflanmagan, ammo “Rossiyaga nisbatan salbiy munosabatda boʻlgan” fuqarolarga nisbatan ham ularni Rossiya Federatsiyasi hududidagi koʻchar va koʻchmas mulkdan “mahrum qilish” choralari koʻrilmoqda.
Sharhlar