Rossiyada xorijiy fuqarolarni ular faqat biometrik ma’lumotlarni taqdim etganidan keyin mamlakatga kiritish taklif qilindi
Tajribani 2024-yil 1-dekabrdan 2026-yil 30-iyungacha o‘tkazish taklif qilinmoqda.
Birinchi bosqichda biometrik ma’lumotlar Moskva aeroportlarida, shuningdek, Qozog‘iston bilan chegaradosh Orenburg oblastidagi “Mashtakovo” avtomobil nazorat-o‘tkazish punktida yig‘iladi.
2025-yil 30-iyundan boshlab bir yil davom etadigan ikkinchi bosqichda xorijliklarga biometrik ma’lumotlarni maxsus ariza orqali olish taklif etiladi.
Belarus fuqarolari, olti yoshgacha bo‘lgan bolalar, diplomatlar, Rossiya Federatsiyasida akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlarning xodimlari va ularning oila a’zolari bundan mustasno bo‘ladi.
Ulashish:
Sharhlar