Rossiyada yangi safarbarlik 2024-yil oxirida e’lon qilinishi mumkin – Bloomberg

Фото: RTVI

Rossiya armiyasida Ukrainadagi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri eng yuqori darajaga yetgan frontdagi yo‘qotishlarni qoplash uchun yetarli yangi askar yo‘q. Bu haqda Bloomberg agentligi Kreml va Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan uchta manbaga tayanib xabar beradi.

Ularning fikricha, armiyani shartnoma bo‘yicha harbiylar bilan to‘ldirish masalasini to‘liq hal qilib bo‘lmaydi.

Agentlik suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Kreml yangi safarbarlikni front chizig‘idagi harbiylarga dam olish imkonini beruvchi “rotatsiya” sifatida taqdim etishi mumkin. Boshqa bir rasmiy safarbarlik buyrug‘i 2024-yil oxirida berilishi mumkinligini aytadi.

Rossiyalik iqtisodchi Aleksandr Isakov Bloomberg agentligiga bergan intervyusida yaqin 12 oy ichida Putinga “Ukrainadagi yo‘qotishlar va qo‘shinlarning rotatsiyasini qoplash uchun 500 mingga yaqin odam kerak” dedi. Uning fikricha, joriy ishga qabul qilish strategiyasi yetarli bo‘lmaydi va hukumat “e’tiborni chaqiriluvchilarga qaratadi”.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.