Yaponiyada 500 dan ortiq rossiyalik nosozlik tufayli kruiz kemasida qolib ketdi

Фото: Медуза

Besh mingga yaqin yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan Spectrum of Seas kruiz kemasi Yaponiyaning Yokogama portida buzilib qoldi.

Shanxaydan Yaponiyaga va orqaga yetti kunlik yo‘lda bo‘lgan kema 7-noyabr kuni qaytishi kerak edi.

Biroq yo‘lovchilardan biri Yuliyaning aytishicha, layner Shanxayga faqat 11-noyabrda yetib kelishi mumkin, bu esa rossiyaliklarning qaytish chiptalarini xavf ostiga qo‘yadi.

Royal Caribbean International kruiz narxini to’liq qaytarishga va bir yil ichida keyingi kruizga 50% chegirma berishga va’da berdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.