Rossiyalik qo‘shiqchi Shaman alkogol ichimligini ishlab chiqarish uchun “Ya russkiy” tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda

Фото: Abiturient-uga.ru

Rossiya sahnasida Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlash timsollaridan biriga aylangan, shuningdek, prezidentlik saylovlarida Vladimir Putinning ishonchli vakili bo‘lgan qo‘shiqchi Shaman “Rospatent”ga “Ya russkiy” savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ikkita ariza topshirdi.

“Ya russkiy” – Shamanning eng mashhur xit qo‘shig‘i.

Ushbu brend ostida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist vino, aroq, likyor va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Bundan tashqari, ikkinchi ilovada parfyumeriya va har xil turdagi kosmetika (lablar uchun yaltiratadigan bo‘yoq, tana uchun yaltiroqlar va boshqalar) mavjud, deya qayd etadi davlat agentligi.

Kuzda artist o‘z sahna obrazining yaratuvchisi hisoblangan rafiqasi bilan ajrashdi.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.