Rossiyaning AQShdagi elchixonasi saylovga aralashish haqidagi ayblovlarni rad etadi

Фото: РИА

Rossiyaning AQShdagi elchixonasi Amerikadagi prezidentlik saylovlariga aralashish ayblovlarini rad etib, ularni “asossiz” deb atadi va Amerika rasmiylarini tuhmatda aybladi.

“Elchixona matbuotda muhokama qilingan mavzu bo’yicha Qo’shma Shtatlardan hech qanday dalil yoki rasmiy xabarlarni olmagan”, – dedi elchixona rasmiylari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShdagi bir nechta saylov uchastkalariga bomba qo‘yish tahdidi kelib tushgani xabar qilingandi. FQB ma’lumotlariga ko’ra, ushbu xabarlarning ba’zilari Rossiya elektron domenlaridan kelgan, biroq bironta ham tahdid ishonchli deb hisoblanmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.