Migrantlarning deportatsiyasi tufayli Rossiyaning ba’zi shaharlarida supermarket peshtaxtalari bo‘shab qoldi

Foto: migrant.uz

Rossiyaning bir necha oblastlari va shaharlarida – Yaroslavl, Vladimir, Ivanovo va Kostromalarda – iyul oyining oxirida do‘konlar tarmog‘i oziq-ovqat mahsulotlarisiz qolib ketgani juda katta rezonansga olib keldi. Do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlarining tugab qolishi, bo‘sh tokchalar, mahsulotlarning yetkazib berilishidagi uzilishlar haqidagi xabarlar va videolar rus internetda keng tarqaldi.

Bir qancha oziq-ovqat mahsulotlari  katta federal tarmoqlarning do‘konlaridan topilmayabdi. Bu tarmoqlarning barchasi bitta savdo xoldingi – X5 ga tegishli. Hodisaga avval provokatsiya deb qaralgan va keyinroq savdo tarmog’ining rasmiy izohi vaziyatga oydinlik kiritgan. Rasmiy izohda oziq-ovqat mahsulotlarining yetkazilmaganiga sabab tariqasida – Yaroslavldagi taqsimlash markazida mavsumiy ishchi kuchi yetishmayotgani ko‘rsatilgan.

Biroq qator telegram kanallar o‘z manbalariga tayangan holda muammo mavsumiy ishchi kuchi emas, balki aynan migrantlar bilan bog‘liqligini aytmoqda. Xabar berilishicha, Yaroslavl taqsimlash markazida reyd o‘tkazilib, u yerda ishlaydigan yuzlab migrantlar deport qilingan. Natijada migrantlarsiz logistika markazining faoliyati mutlaqo to‘xtab qolgan.

Migrantlarning deportatsiyasi oqibatida do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qolishni boshlagan, aholida esa vahima paydo bo‘lgan.

Voqea bo‘yicha shov-shuvdan bir kun o‘tib, mahsulotlarni yetkazib berish qaytadan tiklangan. Do‘konlarga boshqa oblastlardan vaqtincha xodimlarni olib kelinib, ish faoliyati zudlik bilan tiklashga erishilgan. Ammo bu vaqtinchalik choraligi aytilmoqda.

 

 

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.