Rossiyaning Kirov oblastida Mi-2 sanaviatsiya vertolyoti halokati natijasida uch kishi halok bo‘ldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar Darovskiy rayonidagi Belenki qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan voqea joyida halok bo‘lganlarning jasadlarini topgan. Halokat vaqtida bortda to‘rt kishi bo‘lgan.
Kirov oblasti gubernatori Aleksandr Sokolovning so‘zlariga ko‘ra, bortda uchuvchi, shifokor va ikki feldsherdan iborat tibbiy brigada bo‘lgan; kabinada bemorlar bo‘lmagan.
Voqea sodir bo‘lgan joyda barcha kerakli xizmatlar ishlamoqda. Kirov oblasti hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Kurdyumov va Favqulodda vaziyatlar vazirligining oblast boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Anikin falokat hududiga jo‘nab ketgan.
Ulashish:
Sharhlar