Rossiyaning Kiyevga tungi hujumi natijasida kamida to‘qqiz kishi yaralangan
30-oktabrga o‘tar kechasi rus qo‘shinlari Kiyevga bir oy ichida 19-marta zarba berdi. Dronlar “poytaxt tomon turli yo‘nalishlardan, turli balandliklardan kelgan”, dedi shahar harbiy boshqarmasi boshlig‘i Sergey Popko.
Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, Rossiya hujumini qaytarish natijasida Kiyevning Solomenskiy tumanidagi koʻp qavatli bino ustiga dron qoldiqlari tushib ketgan, natijada toʻqqiz kishi, jumladan, 11 yoshli qiz jarohatlangan. Yong‘in tufayli uydan jami 18 kishi evakuatsiya qilingan va ong‘in o‘chirilgan.
Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlari, Kiyev va mintaqadan tashqari, boshqa narsalar qatori, Xarkov, Xmelnitskiy va Kremenchug hududlarida ham Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari qayd etilganini aytdi.
Sharhlar