Rossiyaning “Sezar Kunikov” kemasi cho‘kib ketgani xabar berildi
Rossiyaning “Sezar Kunikov” kemasi cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda “Ukrainskaya pravda” o‘z manbalariga tayanib. Bu haqda nashrga Ukraina razvedkasi vakillari ma’lum qilgan.
Ukrainaning “Krimskiy veter” Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Qrimning Yalta, Alupka va boshqa aholi punktlarida yashovchilar tunda portlash ovozlarini eshitgan. Kanal video e’lon qildi, unda Rossiyaning katta desant kemasidagi portlash aks etgani da’vo qilinmoqda. Portlashlardan keyin dengiz ustida vertolyotlar uchgani aytilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz ustida oltita dron urib tushirilganini xabar qildi. Rossiya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, yana ikkita dron Belgorod viloyatida, bittasi Voronej viloyatida urib tushirilgan.
Sharhlar