Rossiyaning Rostov viloyatidagi harbiy aerodrom dronlar hujumiga uchradi
5-aprelga o‘tar kechasi Rossiyaning Rostov viloyati Morozovsk tumaniga uchuvchisiz uchar qurilmalar hujum qildi. Bu haqda viliyat rahbari Vasiliy Golubev ma’lum qildi. Rossiya OAVlari yozishicha, Morozovskda harbiy aerodrom joylashgan.
Dronlar hujumi oqibatida elektr podstansiya zarar ko‘rgan, iste’molchilarning bir qismi elektr tokisiz qolgan.
Morozovsk tumanida havo hujumiga qarshi mudofaa tomonidan 44 ta dron yo‘q qilingan. Urib tushirilgan dronlardan birining bo‘laklari xususiy uy hududiga qulagan, binoga ziyon yetib, bir itni o‘ldirgan. Aholi yerto‘laga bekinib olgani tufayli, jabrlanmagan.
BBC yozishicha, Morozovskdagi aerodromda so‘nggi vaqtlarda front chizig‘ida faol foydalanilayotgan Su-34 qiruvchilari bazasi joylashgan.
Sharhlar