Rostov oblastida dron hujumidan keyin to‘rt sutkadan beri neft bazasidagi yong‘in o‘chirilmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum

Фото: t.me/news161ru

Rostov oblastida Proletarsk neft omborida 18 avgust kuni Ukraina dronlarining hujumidan so‘ng boshlangan yirik yong‘inni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aviatsiyasi, maxsus poezdlar va 500 dan ortiq qutqaruvchilarning sa’y-harakatlariga qaramay, uch kundan beri yong‘in o‘chmayapti.

42 nafar jabrlanganning barchasi – o‘t o‘chiruvchilar. Hududda favqulodda holat e’lon qilingan, biroq tinch aholini evakuatsiya qilish shart emas, deydi mahalliy hokimiyat.

Viloyat gubernatori Vasiliy Golubev o‘zining telegram-kanalida yong‘inga urib tushirilgan dronlarning dizel yoqilg‘isi omboriga tushgan qoldiqlari sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.

Birinchi yong‘indan keyin o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga kirishgan, biroq tez orada dronlarning takror hujumi tufayli ishni to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Rostovning 161.RU portali ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘indan chiqqan tutun 25 km ga cho‘zilgan, neft omboridan o‘n kilometr radiusda qorong‘ulik bo‘lib, tutun ustunini 70 km uzoqlikdan ko‘rish mumkin.

O‘t o‘chiruvchilar ishni davom ettirmoqda, biroq chorshanba kuni tushlik paytida ham yong‘in hali bartaraf etilmagandi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.