Ruan ibodatxonasining minorasi yondi. U yerda qurilish ishlari olib borilayotgandi
Fransiyaning Ruan shahridagi ibodatxona yondi, deya xabar beradi BFMTV. Yong‘in sabablari noma’lum.
Ruan meri Nikolas Maer-Rossignol yozganidek, yong‘inni o‘chirshga “barcha davlat resurslari safarbar qilingan”.
BFMTV telekanalining yozishicha, ibodatxona tomida qurilish ishlari olib borilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan video va fotosuratlarda minorada qurilish havozalarini ko‘rish mumkin. Ibodatxonadan tashrif buyuruvchilar evakuatsiya qilingan.
Yong‘inni o‘chirishda 70 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 40 ta texnika ishtirok etdi, deb yozadi Le Monde nashri. Minoradagi ishlar 2015-yilda boshlangan keng qamrovli restavratsiyaning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Ayni damda Ruan ibodatxonasidagi yong‘in mahalliylashtirilgan. Bunga taxminan bir soat ketgan.
Ruan ibodatxonasi Frantsiyaning milliy merosi yodgorliklaridan biridir. Uning shimoliy minorasi 1145-yilda qurilgan. 1944-yil 1-iyunda ibodatxonaning o‘zi ham qattiq shikastlangan va keyinchalik qayta tiklangan.
Sharhlar