Ruminiyada rossiyaparast prezidentlikka nomzodga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda

Фото: Europa Liberă România

Ruminiyada rossiyaparast prezidentlikka nomzod Kelin Jorjeskuga qarshi norozilik aktsiyalari davom etmoqda, deya xabar qiladi Europa Liberă România. Norozilik aksiyalari Buxarest, Timishoara, Yassi, Brashov va Sibiu shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

Norozilik aksiya ishtirokchilarining aksariyati yoshlar bo‘lib, ular Jorjeskuning ekstremistik qarashlaridan tashvishlanayotganliklarini bildirdilar.

“Men bu yerga demokratiyamiz hozir zaif holatda ekanligi sababli keldim, va men qat’iy ishonamanki, biz yosh avlod ikkinchi turda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bo‘lg‘usi ofatning oldini olishimiz mumkin», – dedi Buxarestda yashovchi talaba qiz nashr jurnalistlariga.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.