Ryutte: Ukraina NATOning keyingi yoki yana bittadan keyingi a’zosiga aylanadi

Фото: EPA

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Ukraina alyansning 33 yoki 34-a’zosiga aylanishini aytdi. Bu haqda rasmiy NATO mudofaa vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishi arafasida ma’lum qildi.

Rasmiyning ta’kidlashicha, Vashingtondagi NATO sammitida NATOga a’zo bo‘lishning qaytarib bo‘lmaydigan yo‘li bo‘yicha kelishuv qabul qilingan.

“Hozircha 33-raqam ostida Ukraina bo‘ladi, lekin ehtimol undan oldin boshqa davlat chiqib qolar. Ammo Ukraina kelajakda NATO a’zosi bo‘ladi. Vashingtonda shunday qarorga keldik. Endi masala [qo‘shilish] vaqtda”, – deydi Ryutte.

Uning fikricha, hamkorlarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati “NATO a’zoligiga ko‘prikdir”.

Misol tariqasida bosh kotib Germaniyaning Visbaden shahridagi Ukraina uchun xavfsizlik va tayyorgarlik qo‘mondonligi, Polshadagi Ukraina-NATO markazi, ikki tomonlama yordam, ittifoqchilarning Ukrainani tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlari va xavfsizlik kelishuvlarini keltiradi.

“Demak, savol aynan qachonligida [NATOga a’zo bo‘ladi]. Men bunga hozir javob bera olmayman, lekin biz bir kun kelib [Ukraina] NATOga a’zo bo‘lishiga ishonch hosil qilish uchun barcha yo‘nalishlar ustida ishlayapmiz”, – deydi rasmiy.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.