Isroil Damashqqa zarba berdi, teleboshlovchi Safa Ahmad halok bo‘ldi

Фото: arbatmedia.kz

1-oktabrga o‘tar kechasi Isroil Damashqqa zarba berdi, oqibatda uch kishi, shu jumladan, suriyalik taniqli boshlovchi Safa Ahmad halok bo‘ldi.

“Suriya radio va televideniye bosh boshqarmasi boshlovchi Safa Ahmad Isroilning mamlakat poytaxti Damashqqa qarshi tajovuzidan so‘ng vafot etganini e’lon qiladi”, — deyiladi davlat televideniyesi e’lon qilgan xabarda.

Suriya hukumati ma’lum qilishicha, hujum bosib olingan Golan tepaliklaridan samolyotlar va o‘zi uchar qurilmalardan foydalanib amalga oshirilgan.

“Bizning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarimiz tajovuzkorning raketa va dronlari hujumlarini qaytarib, ko‘pchiligini urib tushirdi”, — deyiladi hukumat xabarida.

Isroillik harbiylar ushbu hodisa yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.