Meksika prezidentligiga nomzod nutq so‘zlayotgan sahna qulab tushdi, 5 kishi halok bo‘ldi (video)
Meksikaning Nuevo-Leon shtati, San-Pedro-Garsa-Garsiya shahrida prezidentlikka nomzod Xorxe Alvares Maynes nutq so‘zlayotgan sahna dekoratsiyalari kuchli shamol tufayli qulab tushdi, oqibatda 50 kishi jabrlanib, yana besh kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “RBK”.
O‘sha payti sahnada bo‘lgan Maynesning o‘zi jabrlangan. U kasalxonaga yotqizilgani, ahvoli joyida ekani haqida yozgan.
Maynes — “Fuqarolar harakati” nomli kichik muxolifat partiyasidan nomzod. Noqulay ob-havo tufayli 24-may kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan saylovoldi tadbirlari to‘xtatildi. Maynes esa jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun Nuevo-Leoneda qolishini ma’lum qildi.
Meksikada prezident saylovlari iyunda bo‘lib o‘tadi, kongress va mahalliy hukumat organlari tarkibi yangilanadi. 20 mingdan ortiq siyosatchi yangi lavozimlarga ega bo‘ladi.
Sharhlar