Malavi vitse-prezidenti o‘tirgan samolyot radarlardan g‘oyib bo‘ldi
10-iyun kuni kechqurun Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima o‘tirgan samolyot mamlakat poytaxti Lilongvedan uchib chiqqanidan keyin radarlardan yo‘qoldi, deb yozadi “Kommersant”. Samolyot bortida yana to‘qqiz kishi bo‘lgan.
Malavi prezidenti Lazarus Chakvera samolyotni qidirish bo‘yicha operatsiya boshlashni topshirdi. Malavi prezidenti va vazirlar mahkamasi bayonotida aytilishicha, havo kemasi radarlardan g‘oyib bo‘lgach, u bilan aloqa o‘rnatishga urinishlarning barchasi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.
Samolyot mahalliy vaqt bilan 10:00 da Mzuzu shahridagi xalqaro aeroportga kelib qo‘nishi kerak edi. Hodisa tufayli prezident Bagama orollariga ishchi tashrifini bekor qilgan.
Saulos Chilima Malavi vitse-prezidenti lavozimini 2014-yildan buyon egallab kelmoqda. Siyosiy karyerasini boshlaguniga qadar u Malavida Unilever, Coca-Cola va Airtel Malavi kabi xalqaro kompaniyalar filiallarida rahbar lavozimlarda ishlagan.
Sharhlar