Qozondan uchib kelayotgan samolyot Sochiga qo‘nish chog‘ida qulab tushishiga oz qolgan
Sochida “Pobeda” aviakompaniyasining Boeing 738 samolyoti jala tufayli ikkinchi doiraga kirayotib, qulab tushishiga sal qolgan. Hodisa 23-dekabr kuni yuz bergan, ammo holat yuzasidan surishtiruv natijalari 3-mart kuni e’lon qilindi.
Samolyot bortida 168 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. U Qozondan uchib kelgan. Sochiga uchib kirishda shiddatli shamolli jala o‘chog‘iga tushib qolgan, samolyot qattiq silkina boshlagan, natijada uchuvchilar biroz vaqtga layner ustidan nazoratni yo‘qotgan.
Aniqlik kiritilishicha, ekipaj avvaldan ob-havo haqida ma’lumotga ega bo‘lgan, samolyotning imkoniyat chegarasidan chiquvchi shamol shiddati haqida ham bilgan.
Ulashish:
Sharhlar