Vankuver aeroportidan uchib chiqqan samolyotni yashin urdi (video)
Vankuver aeroportidan uchib chiqqan samolyotni yashin urdi, deb xabar bermoqda mahalliy nashrlar.
Voqea guvohlari 3-mart kuni Vankuverdan Londonga parvoz qilayotgan Air Canada aviakompaniyasining Boeing 777-300 samolyotini yashin urishi jarayonini videoga olishga muvaffaq bo‘ldi. Layner bortida 500 dan ortiq odam bo‘lgan. Videoni mahalliy talaba tasvirga olgan — uning so‘zlariga ko‘ra, u uchuvchilikka o‘qimoqda va uchib ketayotgan samolyotlarni tomosha qilish uchun aeroportga tez-tez kelib turadi.
Yashin urishining salbiy oqibatlari bo‘lgani yo‘q: samolyotlar shunday loyihalashtirilganki, ular yashin zarbasiga bardosh bera oladi. Shu sababli bort o‘z manziliga qarab harakatlanishda davom etdi.
Sharhlar