Braziliyada samolyot qulashi oqibatida 61 kishi halok bo‘ldi
9-avgust kuni Braziliyaning San-Paulu shtati Vinyedo munitsipalitetida ATR-72 samolyoti halokatga uchradi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
U 57 yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosini olib ketayotgan edi, hech kim omon qolmagan. Samolyot shosse yaqiniga qulagan. Recanto Florida turar joy majmuasiga zarar yetgan. Voqea joyida shoshilinch xizmatlar ish olib bormoqda.
Fojia munosabati bilan Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva uch kunlik motam e’lon qildi.
Ulashish:
Sharhlar