AQSH KXDRdan qurol yetkazib bergan rossiyaliklarga nisbatan sanksiyalar kiritdi
AQSH Moliya vazirligi chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi rossiyalik ikki nafar jismoniy shaxs va uchta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritilganini e’lon qildi, ular Shimoliy Koreya qurolining Moskvaga yetkazib berilishiga aloqador bo‘lgan, deb yozadi DW.
Sanksiyalar muzokaralar o‘tkazish chog‘ida vositachilik qilgan Rafael Gazaryan va Rossiyaga harbiy aloqa uskunalarini yetkazib berishda ko‘maklashgan Aleksey Budnyovga qarshi kiritilgan.
“Bugungi harakatlarimiz KXDR va Rossiya o‘rtasidagi chuqurlashib borayotgan harbiy hamkorlikka xalal berish yo‘lidagi intilishlarimizni aks ettiradi”, — dedi AQSH moliya vaziri o‘rinbosari Brayan Nelson.
Ushbu rossiyaliklarning AQSHdagi aktivlari bloklab qo‘yiladi, amerikalik fuqarolarga esa ular bilan har qanday bitimlarni tuzish taqiqlanadi.
Sharhlar