Sankt-Peterburgdagi ziyofatda 3 ta migrant pichoqlandi, ularning 2 tasi o’zbekistonlik

Foto: uzreport.news

Sankt-Peterburgda tergovchilar Kirov rayonidagi Primakov ko‘chasida o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan qonli ziyofat holatlarini o‘rganmoqda. Politsiya kvartiradan uch nafar yaralangan muhojirni topgan, ulardan biri keyinroq vafot etgan.

O‘zbekistondan kelgan 57 yoshli noqonuniy muhojirning orqa qismiga pichoq urilgan va og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Yana bir 57 yoshli migrant ham og‘ir kesilgan jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazilgan. 29 yoshli muhojir esa urilgan pichoq yuragiga qadalganligi sababli vafot etgan.

Politsiya jinoyat sodir etishda gumon qilib, 49 yoshli muhojirni qo‘lga olgan va unga qotillik moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro ishtirokchilarining hech biri ro‘yxatga olinmagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.