Tramp Zelenskiyni tarixdagi “eng buyuk savdogar” deb atadi

Трамп пообещал рассекретить документы об убийстве Кеннеди
Источник: newsweek.com

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy moliyaviy ko‘mak olishda davom etish uchun AQSH prezidenti saylovida Demokratik partiya g‘olib chiqishini istayapti, dedi respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Tramp. Ukraina prezidentini u “buyuk savdogar” deb atadi.

“Zelenskiy — tarixdagi eng buyuk savdogar deb o‘ylayman. U har safar mamlakatimizga kelganida bu yerdan 60 milliard dollar bilan ketadi”, — dedi Tramp Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida.

U prezident saylovida g‘olib chiqqan taqdirda Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, “bitim tuzish vaqti kelgani”ni aytmoqchi.

Shu hafta Ukraina prezidenti AQSHga tashrifi doirasida BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlashi kutilmoqda. U AQSH prezidenti Jo Bayden va Kongressning ikkala partiyadan a’zolari bilan uchrashadi. Tramp va Kamala Xarris ham Zelenskiy bilan uchrashmoqchi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.