“SAXAL” G‘azoning markaziy hududlaridagi aholiga evakuatsiya qilinishni buyurdi
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) bir necha hafta ichida birinchi marta G‘azoning markaziy qismida yashovchi aholiga evakuatsiya qilinish haqida ogohlantirdi va Isroil qo‘shinlari Xamas jangarilariga javoban quruqlikdagi amaliyotlarni kengaytirishni rejalashtirayotganini aytdi.
Buyruq anklavni sharqdan g‘arbga kesib o‘tuvchi va Filadelfiya yo‘lagi kabi isroilliklar tomonidan “operativ nazorat ostiga olingan” strategik Netzarim yo‘lagi bo‘ylab joylashgan hududlarga taalluqli. Ushbu zonalarda “SAXAL”ning mavjudligi G‘azo bo‘yicha sulh muzokaralarida asosiy to‘siq bo‘ldi.
Xabarlarga ko‘ra, Isroil Netzarim yo‘lagi bo‘ylab Nuseyrat va Bureyj qochqinlar lagerlarida joylashgan falastinliklarni avvalroq gumanitar hudud deb e’lon qilingan Muvasi qirg‘oq hududiga qochish zarurati haqida ogohlantirgan.
“Xamas va boshqa terrorchi tashkilotlar sizning hududingizda terrorchilik faoliyatini davom ettirmoqda, shuning uchun “SAXAL” bu unsurlarga qarshi katta kuch bilan harakat qiladi”, — deyiladi buyruqda, unga evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan mavzelar ko‘rsatilgan xaritani ilova qilingan.
Buyruq e’lon qilinganidan keyin bir soat o‘tmay, Nuseyrat lageri hududining shimoliy qismi Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Isroil askarlari tez-tez Xamas faolligi yangilangani haqidagi xabarlarga javoban avvallari amaliyot o‘tkazgan hududlarga qaytib turadi.
О‘z hisobotlarida tinch aholi va jangarilarni farqlamaydigan Xamas nazoratidagi Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, G‘azoda qariyb bir yillik urush davomida 42 mingga yaqin falastinlik halok bo‘ldi.
Sharhlar