SAXAL garovga olingan to‘rt kishi ozod etilgani haqida ma’lum qildi
Isroil mudofaa kuchlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli Noa Argamani, 21 yoshli Almog Meir Yana, 27 yoshli rossiyalik Andrey Kozlov va 40 yoshli Shlomi Ziv ozod etilgan. Ular G‘azo markazidagi Nuseyratda o‘tkazilgan “murakkab” operatsiya chog‘ida qutqarib olindi, deya xabar beradi SAXAL.
Hozirda ozod etilgan garovga olinganlar keyingi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Tel-Xa-Shomerdagi Sheba tibbiyot markaziga o‘tkazilgan.
O‘tgan yilning 7 oktyabrida Xamasning kutilmagan hujumi oqibatida 1200 dan ortiq isroillik halok bo‘lgan va o‘nlab odamlar hali ham G‘azoda garovda qolmoqda.
Ulashish:
Sharhlar