Turkiyada sayyohlar avtobusi ag‘darilib ketdi, 15 kishi jabrlandi
Turkiyaning Nevshehir viloyatida sayyohlarni olib ketayotgan mikroavtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 18 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Ularning 15 nafari chet ellik sayyohlar bo‘lgan.
Mikroavtobus Kappadokiyadan Antaliyaga qarab ketayotgan bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi haydovchining aybi bilan yuz bergan, u boshqaruvni yo‘qotgan.
Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qilishicha, sayyohlarning to‘qqiz nafari Rossiya fuqarolaridir. Jabrlanganlarga Nevshehir kasalxonalarida birinchi yordam ko‘rsatilgan. Hech kimni davolash uchun yotqizishga ehtiyoj bo‘lmagan.
Ulashish:
Sharhlar