Erta qarish sindromiga ega italiyalik Semmi Basso vafot etdi
Italiyaning Skio shahrida erta qarish sindromi bilan eng uzoq umr ko‘rib kelayotgan 28 yoshli Semmi Basso vafot etdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Bassoga “progeriya” tashxisi ikki yoshida qo‘yilgan. 2005-yilda u ota-onasi bilan birgalikda Italiyada Progeriyaga qarshi kurash uyushmasiga asos solgan. Basso National Geographic telekanalining “Semmining sayohati” hujjatli filmidan keyin dunyoga tanilgan edi. Ushbu filmda u ota-onasi va eng yaqin do‘sti bilan AQSHdagi 66-trassa orqali Chikagodan Los-Anjelesga sayohat qiladi.
Progeriya kasalligida organizm erta qarishi oqibatida odamlarning terisi va ichki organlarida o‘zgarishlar yuz beradi. Unga chalingan odamlarning hayot sifati pasayadi, davolanmagan taqdirda esa taxminan 13,5 yil umr ko‘rishi mumkin.
Sharhlar